<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[C1]
   Hayot oqar suv boʻlsa
   Oqib tamom boʻlmaydi
   Rabbimga ishonganlar
   Ikki dunyo oʻlmaydi.

[V1]
 Qoʻy, gʻam chekma gʻamkash el
 Masih keldi qalbing och
 Yurtda tinchlik boʻladi
 Boʻlmas yupun-yalongʻoch.

[V2]
 Toʻlar dasturxoningiz
 Yurtda boʻlar baraka.
 Yuragingiz quvnaydi
 Shodlikdan opa-aka.

[V3]
 Faravon hayot berar
 Koʻrmaysiz hech kamu koʻst.
 Masihga birodaru,
 Boʻlsangiz dushmanga doʻst.

[V4]
 Yeringizdan gul oʻnar
 Koʻrmaysiz biror tikon.
 Xudoning Inoyati
 Bildim Masihda ekan.

[V5]
 Chaqiring, koʻz yoshingiz
 Bitta-bittalab terar.
 Imon keltirsangiz gar
 Abadiy Hayot berar.</lyrics>
<title>Masih keldi</title>
</song>